date

9 yanvar kuni O‘zbekistonda havo harorati qanday bo‘ladi?

9 yanvar kuni O‘zbekistonda havo harorati qanday bo‘ladi?

“O‘zgidromet” 9 yanvar, juma kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, mamlakat hududlarida havo harorati nisbatan ko‘tariladi, yog‘ingarchilik esa deyarli kutilmaydi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…–2 daraja sovuq, kunduzi 9–11 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 9 yanvar kuni O‘zbekistonda havo harorati qanday bo‘ladi?