13:07 / 18.03.2017
9 003

Muammolar o‘z echimini topsa...

Muammolar o‘z echimini topsa...

Bugun tadbirkor bo‘laman, daromadimni oshiraman degan inson uchun barcha shart- sharoitlar mavjud. Shunga qaramay, turli sabablarga ko‘ra joylarda tashkil etilayotgan ayrim tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati vaqtincha to‘xtab qolmoqda, ayrimlari esa tugatilmoqda.

Har bir hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati va salohiyatlaridan kelib chiqib, bugun O‘zLiDeP tomonidan partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari hamda sohaga aloqador mutasaddi tashkilot mas’ullari jalb etilgan holda tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan asosiy muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Ana shunday masalalarga bag‘ishlangan navbatdagi ochiq muloqot Samarqand viloyatida “Qulay biznes muhiti – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili” muvzuida tashkil etildi.

Partiya deputatlik guruhi vakillari, tijorat banklari, muttasadi tashkilot va idoralar rahbarlari, mutaxassis va ekspertlar hamda faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan tadbirkorlik sub’ektlari, fermerlar ishtirokida o‘tgan muloqotda tadbirkorlarning salohiyat va imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish, ularning yo‘lida g‘ov bo‘layotgan byurokratik to‘siqlarni bartaraf etilishi masallariga alohida e’tibor qaratildi.

— Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka, fermerlik harakatiga alohida e’tibor qaratilgani natijasida bugun viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 78 foizga etdi, - deydi partiya viloyat Kengashi biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Qodir Shoimov. —Viloyatda 2016 yilda 16 ming 208 ta kichik tadbirkorlik sub’ekti ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, 1486 tasi o‘z faoliyatini tugatgan, 1418 ta kichik korxona va mikrofirmalar ayrim sabablarga ko‘ra faoliyat ko‘rsatmayapti. Mazkur tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyat yuritmasligi holatlari o‘rganilganda ayon bo‘ldiki, boshlang‘ich sarmoyaning, kredit olish uchun garov mol-mulkining yo‘qligi, aylanma mablag‘larning etishmasligi va tadbirkorlarning soha­ga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan etarli darajada xabardor emasliklari sabab bo‘lmoqda.

Mazkur masalalar yuzasidan vaqtincha faoliyat yuritmayotgan tadbirkorlik sub’ektlari ham o‘zlarining munosabatlarini bildirib, ayrim tashkilot faoliyatlari yuzasidan tanqidiy fikrlarini bildirishdi.

- Bizni oilaviy korxonamiz poletilen mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan, - deydi Oqdaryo tumanidagi “Ozodbek Oqdaryo” oilaviy korxonasi rahbari Olim Turkashev. - Korxonamizdagi elektr energiyasi mahallamizdagi ko‘pchilik aholi foydalanayotgan transformotrga ulangan. Mazkur transformatordan foydalanish jarayonida aholidan noroziliklar kelib tusha boshlaganligi sababli, biz korxonamizni boshqa joyga ko‘chirish uchun er so‘rab tuman hokimligiga murojaat qildik. Mana yarim yildirki bergan arizamga tuman hokimligi javob bermayapti. Eng yomoni korxonamizda mehnat qilayotgan 10 nafar ishchilarimiz ishsiz qoldi. Shu sababdan faoliyatimiz to‘xtab qoldi. Viloyat hokimligi mutasaddilari bu masalani hal etishni o‘z zimmalariga olib, er ajratishda yordam berishlarini aytib o‘tishdi.

Muloqot davomida viloyatdagi mavjud amaliyot hamda xorijiy tajribadan kelib chiqib, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdan uni tugatishgacha bo‘lgan jarayonni tartibga soluvchi normalarni tizim­lashtirish uchun yagona qonun loyihasini ishlab chiqish, mazkur sohada idoraviy-me’yoriy hujjatlar qabul qilishni kamaytirish kabi takliflar o‘rtaga tashlanib, tegishli choralar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Muammolar o‘z echimini topsa...