date

Qaysi toifadagi fuqarolar ertaroq pensiyaga chiqadi?

Qaysi toifadagi fuqarolar ertaroq pensiyaga chiqadi?

"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, ayrim toifadagi fuqarolarga imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqi beriladi. Bu huquq ularning kasbi, ish sharoiti va mehnat stajiga bog‘liq holda belgilanadi.

Yangi tartiblarga muvofiq, ayrim sohalar xodimlari yoshidan qat’i nazar, yoki umumiy belgilangan pensiya yoshidan 10 yoki 5-yil ilgari nafaqaga chiqish imkoniga ega bo‘ladi.

Xususan, urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzand tarbiyalayotgan onalar, liliputlar va pakanalarga ham imtiyozli pensiya huquqi beriladi.

Yoshidan qat’i nazar, quyidagi toifadagi fuqarolar pensiyaga ilgari chiqishi mumkin:

– Konchilik sohasining yetakchi mutaxassislari (ish staji kamida 20-yil bo‘lsa);

– Yer osti va ochiq kon ishlarida 25-yil to‘liq ish kuni bilan faoliyat yuritgan shaxtyorlar va qurilish xodimlari;

– Uchuvchilar va sinov parvoz tarkibi vakillari (erkaklarda kamida 25-yil, ayollarda 20-yil ish tajribasi bilan);

– Teatr va tomosha sohasi artistlari (ijodiy staji 20, 25 yoki 30-yil bo‘lsa);

– Sportchilarning ayrim toifalari (20-yillik ish stajiga ega bo‘lsa).

Shu bilan birga, hujjat bilan imtiyozli pensiya beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, kasblar va lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish tartibi ham qayta ishlab chiqildi.

Endilikda korxonalar ro‘yxatga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish uchun mehnat sharoiti, xavfsizlik darajasi va jarohat xavfi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Yangi tartiblar ishchilarning mehnat sharoitiga qarab ularning ijtimoiy himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qaysi toifadagi fuqarolar ertaroq pensiyaga chiqadi?