YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan 2025-yil 30-oktabrdan 14-noyabrga qadar Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Mazkur cheklov xalqaro miqyosdagi yirik anjuman xavfsizligini ta’minlash va tartibni saqlash maqsadida joriy etilmoqda. Tranzit avtomobillar uchun muqobil harakat yo‘nalishlari ishlab chiqilgan bo‘lib, haydovchilarga ushbu yo‘llarni ko‘rsatib beruvchi QR-kodli flayerlar tarqatilishi belgilangan.
Ichki ishlar organlari fuqarolarni va sayyohlarni Samarqandga bo‘ladigan safarlarini imkon qadar keyinroqqa surib turishga chaqirdi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, YUNESKO Bosh konferensiyasi ilk bor 1985-yildan beri Parijdan tashqarida o‘tkazilmoqda va bu tarixiy voqea mezbonligi ilk marta O‘zbekistonga nasib etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!