Surbet suratkashlar Toshkentni rasvo qilmoqda

1 daqiqa o'qish19.7K
Surbet suratkashlar Toshkentni rasvo qilmoqda

Toshkentdagi savdo-ko‘ngilochar markazlarda o‘zini haddan oshirib yuradigan suratchilar faoliyati fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda, deb UPL xabar berdi.

Xususan, High Town Mall savdo markazida ayrim suratchilar ota-onalarning roziligisiz bolalarni suratga olib, so‘ngra ularning suratlari tushirilgan magnit yoki krujka kabi mahsulotlarni majburiy sotishga urinishmoqda. Ular bolalarni deyarli quvib yurib, maydonchadan chiqqan zahoti ota-onalarga murojaat qilishadi.

UPL muxbiri eksperiment tariqasida bolalarining suratlari tushirilgan ikki magnitni 60 ming so‘mdan sotib oldi. Oradan ko‘p o‘tmay, boshqa bir suratchi kelib, bolalar krujka buyurtma berganini aytdi va har biri uchun 100 ming so‘m talab qildi. Bu kabi holatlar nafaqat aholi, balki sayyohlar orasida ham salbiy taassurot uyg‘otmoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda shaxs va bolalarni suratga olish uchun alohida ruxsatnoma olishni majburiy qiluvchi huquqiy hujjat ishlab chiqilmoqda. Bu kabi holatlarga qonuniy chora ko‘rilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?