
Hukumatning 2025-yil 10-oktabrdagi 637-sonli qaroriga binoan, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlar uchun imtiyozli pensiyaga chiqish tartibi belgilovchi nizom tasdiqlandi.
Yangi tartibga ko‘ra, ishchilar, kasblar va lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartish kiritish takliflari ish beruvchi va kasaba uyushmasiga ikki nusxada topshiriladi. So‘ngra, maxsus Komissiya quyidagilarni tekshiradi:
ish joyi va texnologik jarayonlar loyihaga muvofiqligi;
uskunalar sozligi va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi;
shaxsiy himoya vositalari mavjudligi va holati.
Agar mehnat sharoitlarida buzilishlar aniqlansa, ular attestatsiya oldidan bartaraf etilishi shart.
Bu nizom zararli sharoitda ishlovchilar manfaatini himoya qilish va pensiyaga erta chiqish imkoniyatlarini aniq belgilashga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.