Bugun, 4 dekabr kuni O‘zbekiston xalqi Prezident sifatida Shavkat Mirziyoyevni saylaganiga 1 yil to‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi lavozimiga ishonchli g‘alaba bilan kelgan Shavkat Mirziyoyev bu kunga qadar ham siyosat maydonidagi faoliyati, davlat ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlari bilan ishonchni oqlagan edi. 2016 yilning 4 dekabr kuni ana shu ishonch, xalqning irodasi g‘alaba qildi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida rasman ish boshlaganidan to bugunga qadar bo‘lgan o‘zgarishlar shu qadar ko‘p, shu qadar olamshumulki, ularni bir yilda bo‘ldi desak, ko‘pchilik ishonmasligi mumkin. Ko‘p yillardan buyon yechimini kutib yotgan masalalar hal etildi, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochildi. Ichki ishlar va prokuratura xodimlarining faoliyatini tubdan isloh qilishga kirishildi. Sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarga ochiq nazar tashlash, ularni hal etishni kechiktirmaslik aytildi.
Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida ish boshlaganidan buyon 130 dan ortiq qarorlar, 80 dan ortiq farmonlar, 10 ga yaqin farmoyish va 10 ga yaqin qonunni imzoladi. Har bir qaror, farmon, farmoyish xalqning ko‘p yillik orzu umidlari nashidasi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tantanalarida ishtirok etib, nutq so‘zladi va 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qildi.
Shu o‘rinda, Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakat taraqqiyoti yo‘lida qabul qilingan eng dolzarb 10 qarorni sanab o‘tsak.
1. 2017 yil O‘zbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. Har bir viloyat, shahar va tumanlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi ochildi. Davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarida Fuqarolar qabulxonalari ish boshladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. Senat qaroriga asosan Sodiq Safoyev Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.
3. Prezidentning “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab 167 nomdagi dori-darmon vositalariga muayyan narx belgilanib, narx-navoning sun’iy oshirilishiga chek qo‘yildi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri 2016 yildagi faoliyat yuzasidan hisobot berdilar. Ushbu amaliyot mamlakat tarixida ilk bor kuzatildi.
5. “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. Unga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzilib, Birinchi Prezident faoliyat yuritgan Oqsaroy binosiga joylashtirildi.
Toshkent shahrida Islom Karimov yodgorlik majmusi ochildi. Majmua qarshisida Islom Karimov siymosi tushirilgan haykal qad rostladi. Yana bir haykal Samarqand shahriga o‘rnatildi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti o‘qigan Toshkent davlat texnika universitetiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Asaka shahridagi avtomobil zavodiga, Farg‘ona shahridagi san’at saroyiga Islom Karimov nomi berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomi berildi.
6. “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq Jizzax viloyatida Sharof Rashidov siymosi aks etgan haykal o‘rnatildi.
7. “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi. Yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda o‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarish to‘liq ta’minlandi.
8. Toshkent shahrida 11 yillik maktablar faoliyati 2007 yildan tugatilgan bo‘lsa, Respublikaning qolgan chekkalarida 2009 yildan 11 yillik ta’lim butkul yopilgan edi. Bu borada jamoat fikri o‘rganilib, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasidagi ayrim umumta’lim maktablarida 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tildi.
9. “Kamolot” YoIH faoliyati tugatilib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuzildi. Prezidentning “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 30 iyun O‘zbekistonda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?