date

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali nima haqda gaplashishdi?

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali nima haqda gaplashishdi?

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari telefon orqali suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muloqot chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ikki davlat o‘rtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalda ro‘yobga chiqarish, ularni yangi bosqichga olib chiqish yo‘llarini muhokama qilgan.

Prezidentlar tovar ayirboshlash hajmini barqaror saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor sohalarida kooperatsiyani chuqurlashtirish, ayniqsa energetika yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirish zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish ham asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

Suhbatda Moskva viloyatida 22-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi yuqori darajada tashkil etilgani va uning natijalari har tomonlama samarali bo‘lgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Shuningdek, 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Rossiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi hamda uning doirasida rejalashtirilayotgan qo‘shma biznes forumini muvaffaqiyatli o‘tkazish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, yaqin kelajakdagi qo‘shma tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Muloqot samarali va do‘stona ruhda o‘tgani ma’lum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali nima haqda gaplashishdi?