date

Nafaqalar avtomatik tayinlanadi: ariza berish tartibi bekor qilinadi

Nafaqalar avtomatik tayinlanadi: ariza berish tartibi bekor qilinadi

O‘zbekistonda ijtimoiy sug‘urta tizimi 2026-yil 1-yanvardan boshlab tubdan o‘zgaradi. Prezident tomonidan imzolangan yangi farmonga ko‘ra, “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar” belgilandi.

Yangi tartib asosida fuqarolarga homiladorlik, tug‘ish va mehnatga layoqatsizlik nafaqalari endilikda avtomatik — ya’ni ariza topshirishsiz tayinlanadi.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi ikki shaklda ishlaydi:
majburiy sug‘urta – davlat byudjetidan ajratiladigan daromad solig‘i hisobidan;
ixtiyoriy sug‘urta – fuqarolarning har oy eng kam ish haqining 5 foiziga teng badal to‘lash orqali.

To‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.

Yangi tizimga ko‘ra:
– 2026-yil 1-yanvardan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi,
– 2026-yil 1-iyuldan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi avtomatik tarzda tayinlanadi.

Bundan tashqari, 2030-yil 1-yanvardan boshlab ishdan bo‘shatish nafaqasi ham jamg‘arma orqali to‘lanadi.

Mazkur o‘zgarishlar fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va to‘lovlarni yanada tezkor qilishni maqsad qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nafaqalar avtomatik tayinlanadi: ariza berish tartibi bekor qilinadi