date

“To‘ylar bellashuv emas”: Turdimov dabdabaga chek qo‘yishni talab qildi

“To‘ylar bellashuv emas”: Turdimov dabdabaga chek qo‘yishni talab qildi
Sirdaryo viloyatida to‘y va marosimlarda ortiqcha dabdaba hamda isrofgarchilikka chek qo‘yish masalasi muhokama qilindi. Yig‘ilishda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarlar, mansabdorlar va mulkdorlar xalqqa to‘ylarni me’yorda o‘tkazishda shaxsiy namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, ayrim to‘y va marosimlarda hashamat ortib borayotgani jamiyatda noto‘g‘ri tamoyilga aylanmoqda. U to‘yni bellashuv yoki maqtanish maydoni sifatida emas, balki baxt va duoi xayr kuni sifatida qabul qilish lozimligini qayd etdi.

— “1914 yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy 'Oyna' jurnalida to‘ylarda ortiqcha xarajatning jamiyat uchun zarar ekanini yozgan. Bir asr o‘tsa-da, bu gaplar hanuz dolzarb. Isrof — ma’naviy ham, iqtisodiy ham yo‘qotish”, — dedi Turdimov.

Viloyat rahbari ta’kidlashicha, hokimlar va mas’ullar o‘z to‘ylari yoki qarindoshlarining marosimlarini ham kamtarona o‘tkazib, amaliy namuna ko‘rsatishlari shart.

— “Ko‘z-ko‘z qilish, maqtanish — kaltabinlik. Biz xalqqa faqat gap bilan emas, amaliyot bilan namuna bo‘lishimiz kerak”, — deb ta’kidladi Turdimov.

Yig‘ilishda to‘y va marosimlar uchun belgilangan qoidalarga rioya etish, isrofgarchilikning oldini olish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “To‘ylar bellashuv emas”: Turdimov dabdabaga chek qo‘yishni talab qildi