
O'zbekiston aholisi 4-noyabr soat 20:00 dan 5-noyabr soat 20:00 gacha bo'lgan ob-havo ma'lumoti bilan tanishtirildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O'zgidromet) xabar berdi.
O'zbekistonga sovuq havo massasi kirib kelishi sababli 4-6 noyabr kunlari ob-havo sharoitida keskin o'zgarishlar kutilmoqda. Havo harorati sezilarli darajada pasayadi, yomg'ir yog'adi va ayrim hududlarda ilk qor kuzatiladi.
4-5 noyabr kunlari ayrim viloyatlarda yomg'ir yog'adi, tog'oldi va tog' hududlarida yog'ingarchilik qor ko'rinishiga o'tadi. 4-6 noyabr kunlari havo harorati kechalari 0-3 darajagacha iliq bo'lib, ayrim joylarda sovuq tushishi mumkin.
Kunduz kunlari harorat 5-10 daraja iliq bo'lishi kutilmoqda. 5-noyabr uchun batafsil prognoz: Toshkent shahri: O'zgaruvchan bulutli havo, kechasi biroz yomg'ir yog'adi, qorga aylanish ehtimoli bor.
Kunduz kuni yog'ingarchilik kutilmaydi. G'arbiy yo'nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0...+2°C, kunduzi +5...+7°C. Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyati: Bulutli, ayrim joylarda o'zgaruvchan bulutli havo, yog'ingarchilik kutilmaydi.
Shamol shimoliy-sharqiy yo'nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5°C, kunduzi +5...+10°C.
Buxoro va Navoiy viloyatlari: Bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bulutli, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoliy-sharqiy yo'nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi -2°C...+3°C, kunduzi +6...+11°C. Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari: O'zgaruvchan bulutli havo.
Kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz yomg'ir yog'adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduz kuni yog'ingarchilik kutilmaydi.
Shamol g'arbiy yo'nalishdan shimoliy-sharqiy yo'nalishga o'zgaradi, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5°C, ayrim joylarda -2°C sovuq.
Kunduzi +5...+10°C. Samarqand viloyati: O'zgaruvchan bulutli havo, yog'ingarchilik kutilmaydi.
Shamol shimoliy-sharqiy yo'nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5°C, ayrim joylarda -2°C sovuq.
Kunduzi +5...+10°C. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Bulutli, ayrim joylarda o'zgaruvchan bulutli, yog'ingarchilik kutilmaydi.
Shamol shimoliy-sharqiy yo'nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5°C iliq, ayrim joylarda -2°C sovuq.
Kunduzi +10...+15°C. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari: O'zgaruvchan bulutli havo, kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz yomg'ir yog'adi, qorga aylanish ehtimoli bor.
Kunduz kuni yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbiy yo'nalishda 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 0...+5°C, kunduzi +5...+10°C. Tog'oldi va tog' hududlari: O'zgaruvchan bulutli havo, ayrim joylarda qor yog'adi, tuman tushishi mumkin.
Shamol g'arbiy yo'nalishdan shimoliy-sharqiy yo'nalishga o'zgaradi, 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10°C, kunduzi -3...+2°C.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar