date

Mirziyoyev va Putin hamkorlikni muhokama qildi


11-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, savdo hajmini oshirish, iqtisodiyot va energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar, shuningdek, ikki davlat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, tomonlar 22-oktabr kuni Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashi yig‘ilishining natijalarini ijobiy baholadilar.

Prezidentlar 3-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo komissiya va biznes-forumning ahamiyatini ham alohida ta’kidladilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev va Putin hamkorlikni muhokama qildi