Fermin Lopes APLga yoʻl olishi mumkin

Fermin Lopes APLga yoʻl olishi mumkin
Yarim himoyachi Fermin Lopes Angliyada faoliyatini davom ettirishi mumkin. Transfer News Live nashri Mundo Deportivo maʼlumotiga tayanib xabar qilishicha, 22 yoshli Lopesni "Sanderlend" oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.

"Sanderlend" Lopes uchun 80 million yevro toʻlashga tayyor ekanligi aytilmoqda. Jamoa bu mavsumda kutilmagan natijalar koʻrsatmoqda – 11 turdan soʻng ular Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalining toʻrtinchi pogʻonasida joylashgan.

"Qora mushuklar" yetakchi "Arsenal"dan atigi yetti ochkoga ortda qolmoqda. 2025/2026-yilgi mavsumda Lopes 11 oʻyinda qatnashib, 6 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma bergan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar