date

Chiqindi qarzi bo‘lgan abonentlarning elektr to‘lovi cheklandi

Chiqindi qarzi bo‘lgan abonentlarning elektr to‘lovi cheklandi
Toshkent shahrida chiqindi xizmatlari uchun qarzi mavjud bo‘lgan 6 ming abonentning elektr energiyasiga to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklangan. Bu qaror shahardagi chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan debitor qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida joriy etildi.

Joriy yilning 5-noyabr kuni 25 mingdan ortiq abonent “2100” qisqa raqamidan SMS orqali ogohlantirilgan. Shundan keyin 5 kun ichida qarzdorlikni bartaraf etmagan 6 ming abonent elektr to‘lovi imkoniyatidan vaqtincha mahrum qilindi. Hozirgi vaqtda Toshkent kesimida chiqindi xizmatlaridan jami 582 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud.

Qarzdorlik to‘liq to‘langanidan so‘ng, cheklovlar avtomatik ravishda olib tashlanadi. Shu tariqa, abonentlar to‘lov imkoniyatini qayta tiklashlari mumkin.

Mazkur tartib joriy yilning dekabr oyidan boshlab respublikaning qolgan hududlarida ham tatbiq etiladi. Bu chora aholiga xizmatlar uchun qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lashni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chiqindi qarzi bo‘lgan abonentlarning elektr to‘lovi cheklandi