date

Borussiya Brantga yangi shartnoma taklif qildi


Dortmundning "Borussiya" klubi Yulian Brantga yangi shartnoma taklif qildi. Sky Germany xabariga ko'ra, jamoa futbolchiga maoshi kamaytirilgan yangi kelishuvni taqdim etgan.

Biroq, Brant hanuzgacha bu taklifni na rad etgan va na qabul qilgan. Hozirgi paytda Brantning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida o'z nihoyasiga yetadi.

29 yoshli hujumkor yarim himoyachi klubning liderlaridan biri hisoblanadi. U 2019-yilning yozidan beri "Borussiya" safida o'ynab kelmoqda.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Borussiya Brantga yangi shartnoma taklif qildi