date

Lobotkaning agenti: "Kontening qolishi transferga sabab boʻlishi mumkin"


Polshalik futbolchi Stanislav Lobotkaning agenti Branislav Yarushkning soʻzlariga koʻra, uning mijozining "Napoli"dan ketishi ehtimoliy. Yarushkning aytishicha, agar Antonio Konte jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirsa, Lobotka iyun oyida boshqa variantlarni koʻrib chiqishni soʻrashi mumkin.

"Agar Konte qolsa, mijozimning boshqa variantlar izlashni soʻrashi ehtimolga yaqin. Bu mantiqiy qaror boʻlishi mumkin, ammo bu transfer summasiga ham bogʻliq.

Stanislav Italiyada oʻzini baxtli his qilmoqda, lekin bu darajadagi yuklamalar bilan kurashish unga qiyin boʻlmoqda", - dedi Yarushk. Agentning soʻzlariga koʻra, Kontening futbolchilarga nisbatan jismoniy mashgʻulotlardagi talabchanligi futbolchilarning charchashiga olib kelmoqda.

Oʻtgan mavsumda chempionlikni qoʻlga kiritgan "Napoli" joriy mavsumda A Seriya turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Lobotkaning agenti: "Kontening qolishi transferga sabab boʻlishi mumkin"