O‘zbekistonda umumiy fuqarolik pasportlari o‘rniga dastlabki identifikatsiya kartalari (ID-kartalar) paydo bo‘lishi kelgusi yildan oldin sodir bo‘lmasligi mumkin.
Mamlakat ichida harakatlanish uchun foydalaniladigan ID-kartalarni kiritish, shuningdek, amaldagi biometrik pasportlarni chet elga chiqish uchun pasportlar deb tan olish bo‘yicha tashabbus bugungi kunda ishlab chiqilayotgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar yili” davlat dasturida nazarda tutilgan.
Bunda O‘zbekiston avvalroq mutlaqo boshqa tizimni joriy qilishni mo‘ljallagandi. 2019 yil 1 yanvardan boshlab, mamlakatda yangi chet elga chiqishga ruxsat beruvchi pasport joriy qilish, amaldagi biometrik pasportdan esa faqat respublikaning ichida foydalanilishi shart bo‘lishi rejalashtirilgan edi.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining boshlig‘i, polkovnik Ulug‘bek Toshxo‘jayevning so‘zlariga qaraganda, ID-kartalarni joriy qilish – murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon bo‘lib, hozirgi vaqtda u dastlabki bosqichda.
«Hozirgi vaqtda biz chet elga chiqishga ruxsat beruvchi pasportlarni joriy qilish ustida ishlayapmiz. Shu yo‘nalishda prezident farmoni bor, bu pasportlar 2019 yil 1 yanvardan boshlab chiqariladi. Ammo buning uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni ishlab chiqishda biz bir qator masalalarga duch keldik. Bundan tashqari, ko‘p fuqarolar bizga arizalar bilan murojaat qilishdi va agar amaldagi biometrik pasport mohiyatan chet elda foysdalanish huquqini beruvchi pasport bo‘lsa, nima uchun yangi chet elga chiqishga ruxsat beruvchi pasportni joriy qilish lozimligini so‘rashdi», – deb ta’kidladi u, “Taraqqiyot strategiyasi” markazidagi brifingda.
Natijada, IIV vakilining so‘zlariga qaraganda, maxsus ishchi guruh tuzildi va u hamma fikrlarni jamladi, boshqa mamlakatlarning tajribasini o‘rgandi hamda ID-kartalar kiritishni taklif qildi.
Manba: Dia.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi