
Nyu-York shahri amaldagi meri Erik Adams besh kunlik safar bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda New York Times. Ushbu tashrif, jamoatchilik tomonidan tanqid qilinishiga qaramay, shahar hokimining xalqaro safarlar marafoni doirasida amalga oshirilmoqda.
Adams seshanba kuni Isroildan jo‘nab, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatga kelishi kutilmoqda. Ushbu qimmatga tushadigan va soliqlar hisobidan moliyalashtiriladigan safarlar tanqidchilar tomonidan Nyu-York aholisi manfaatlariga bepisandlik sifatida baholanmoqda.
Adams vakili esa xalqaro safarlar davomida iqtisodiy rivojlanish masalalari muhokama etilayotganini ta’kidladi. "Bu safarlar arzon emas, chunki mer o‘zi bilan qo‘riqchilar va yordamchilarni olib yuradi.
Masalan, Erik Adams Isroilga olti maslahatchi bilan, Albaniyaga va O‘zbekistonga esa bittadan yordamchi bilan bordi," — deb yozadi The New York Times. Erik Adams 1 yanvar kuni o‘z lavozimini topshiradi va uning o‘rnini yangi saylangan mer Zohran Mamdani egallaydi.
Demokratlarning progressiv qanotidan chiqqan Mamdani ushbu lavozimda birinchi musulmon sifatida tarixga kiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.