O‘zbekistonning jahon IQ reytingidagi o‘rni ma’lum qilindi

1 daqiqa o'qish9.5K
O‘zbekistonning jahon IQ reytingidagi o‘rni ma’lum qilindi

Worldwide IQ platformasi 2025 yil uchun dunyo mamlakatlarining o‘rtacha intellekt ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Ro‘yxatda O‘zbekiston 111 davlat orasida 97-o‘rindan joy oldi. Mamlakatning o‘rtacha IQ ko‘rsatkichi — 92,2 ball, bu global o‘rtacha ko‘rsatkich (100 ball)dan past.

Reytingning birinchi uchligida Yaponiya (112,20), Xitoy (111,74) va Tayvan (111,19) joylashdi. Yevropada eng yuqori natija Vengriyaga tegishli bo‘lib, u 111,06 ball bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

MDH bo‘yicha Rossiya, Armaniston, Belarus va Ozarbayjon nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Markaziy Osiyo kesimida esa Qozog‘iston 88-o‘rin (95,49 ball), Tojikiston 95-o‘rin (94,11 ball), Qirg‘iziston esa 105-o‘rin (92,29 ball) bilan qayd etildi.

Shuningdek, Ukraina 94,99 ball bilan o‘tgan yilgi 75-o‘rindan 90-o‘ringa pasaygan. Undan keyingi o‘rinlarda Ummon, Keniya va Efiopiya qayd etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?