15:27 / 28.01.2018
5 065

Shavkat Mirziyoyev Chexiya prezidentini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Chexiya prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga uning Chexiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda «Prezident matbuot xizmati»ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

«Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi ma’suliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Chexiya xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi», deyilgan xabarga.

Chexiyada 27 yanvarda yakunlangan prezident saylovlarida Chexiyaning amaldagi prezidenti Milosh Zeman g‘olib bo‘ldi va ikkinchi muddatga saylandi. Zeman 52,94 foiz ovoz to‘plagan, uning asosiy raqibi – Chexiya fanlar akademiyasining sobiq rahbari Irji Dragoshga 45,07 foiz ovoz berilgan. Saylovlardagi davomat 66,17 foizni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Chexiya prezidentini tabrikladi