08:02 / 03.09.2018
4 451

Oʻzbekiston prezidenti 17 yillik tanaffusdan soʻng turkiyzabon xalqlar sammitiga yoʻl oladi

Oʻzbekiston prezidenti 17 yillik tanaffusdan soʻng turkiyzabon xalqlar sammitiga yoʻl oladi
Oradan 17 yil oʻtib, Oʻzbekiston Turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengashida (Turkiy kengash) davlat rahbari darajasida yana ishtirokini davom ettiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengashining VI sammitida ishtirok etish uchun 3 sentyabr kuni Qirgʻizistonga joʻnab ketadi. Oxirgi marta Oʻzbekiston davlat rahbari ushbu sammitning 2000 yil Ozarboyjonda tashkil etilgan yigʻilishida ishtirok etgandi. Shundan soʻng, 2001 yili Oʻzbekiston parlamenti spikeri tadbirda ishtirok etdi, 2006 yili Antalyadagi sammitda esa umuman Oʻzbekiston vakili yoʻq edi.

2009 yil 3 oktyabr kuni Naxchivonda oʻtgan yigʻilishda yangi tashkilot tuzilgani eʼlon qilindi, uning faoliyatiga doir asosiy tamoyillar 2010 yil 16 sentyabr kuni Istanbul deklaratsiyasida oʻz aksini topdi. Shunday qilib, yangi tashkilot Turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengashi nomini oldi, biroq Oʻzbekiston uning yaratilishida ishtirok etmagan.

2016 yili Oʻzbekiston Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyev turkiyzabon xalqlar bilan aloqalarni kuchaytirish, yangilash va mustahkamlash borasida koʻp ishlarni bajardi. Shulardan biri - oʻzbek-turk munosabatlaridagi sovuqlikka barham berish, iqtisodiy aloqalarga yangi kuch berishdan iborat boʻldi. 2016 va 2018 yili Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdoʻgʻan Oʻzbekistonga, 2017 yil oktyabr oyida esa Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyurdi. Oʻzbek-turk muzokaralarida bir necha marta rasmiy Toshkentning turkiyzabon davlatlar tashkilotlari qatoriga qaytishi bildirildi.

Aynan Oʻzbekistonning Turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengashiga qaytish tashabbusi Erdoʻgʻan tomonidan bildirildi. Toshkent shahrida uchrashgan ikki mamlakat prezidentlari qoʻshma bayonot paytida, ushbu masalaga qaytdi va Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistondagi sammitda ishtirok etishini tasdiqladi.

“Anqaradagi uchrashuvimizda Prezident Erdoʻgʻan menga «Turkiyzabon davlatlar hamkorlik Kengashida oʻzbek bayrogʻi” yetishmayotganini aytgandi. Bizning xulosamiz shunday boʻldiki, bundan keyin, tashkilotning Istanbuldagi qarorgohida Oʻzbekiston bayrogʻi ham hilpirab turadi», deb qatʼiy taʼkidlagandi Shavkat Mirziyoyev.

3 sentyabr kuni ish boshlashi kutilayotgan Bishkekdagi sammitda Turkiya, Ozarboyjon, Qozogʻiston prezidentlarining ham ishtiroki tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston prezidenti 17 yillik tanaffusdan soʻng turkiyzabon xalqlar sammitiga yoʻl oladi