14:20 / 02.10.2018
5 203

Jinoyat kodeksiga “giyohvandlik vositalari analoglari” tushunchasi kiritildi

Jinoyat kodeksiga “giyohvandlik vositalari analoglari” tushunchasi kiritildi
Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun maʼqullandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Mazkur qonun bilan Jinoyat kodeksiga giyohvandlik vositalari analoglari degan tushuncha kiritildi.

Unga koʻra, giyovandlik vositalarining analoglari — kimyoviy tuzilishi va xossalariga koʻra giyohvandlik vositalariga oʻxshash boʻlgan, ular singari ruhiyatga faol taʼsir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalardir.

Amaliyotda giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga doir jinoyatlarni malakalashda 2015 yil 12 noyabrdagi 330-sonli qaror (https://lex.uz/docs/2815340) bilan tasdiqlangan I, II i III roʻyxatlardan foydalanib kelinmoqda.

Biroq, Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlariga koʻra, 2015 yildan 2018 yilning 7 oyi davomida respublika hududida muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilmagan sintetik kannabinoidlarning 8 ta yangi turi aniqlangan.

Shunga koʻra, endilikda Jinoyat kodeksi bilan giyovandlik vositalari va prekursorlar bilan bir qatorda giyovandlik vositalarining analoglari bilan bogʻliq jinoyatlar ham taʼqib qilinadi.

Qonun prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach yuridik kuchga ega boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jinoyat kodeksiga “giyohvandlik vositalari analoglari” tushunchasi kiritildi