Kelajakda O‘zbekistonda nikoh yoshi qizlar va yigitlar uchun - 18 yosh deb belgilanishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova xabar qildi.
"O‘zbekistonda oilalarning buzilishining birlamchi sababi moddiy qiyinchiliklar emas - oiladagi tarbiya va ikki yoshning axloqidir. Shuningdek, erta turmushning salbiy oqibatlari targ‘ib etilishiga qaramay, ba’zi viloyatlarda qizlar 16 yoshdan turmushga berilmoqda", - deydi Mukarram Nurmatova.
Ushbu munosabat bilan, O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi, nikoh yoshini kattalashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan. Qo‘mita nikoh qurish uchun ruxsat etilgan eng kichik yosh yigit va qizlar uchun birdek, 18 etib belgilanishi taklif etgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda oila qurishning eng kichik yoshi yigitlar uchun 18, qizlar uchun 17 etib belgilangan. Statistika bo‘yicha O‘zbekistonda 7 milliondan ortiq oilalar mavjud, aholining 98 %dan ortig‘i oilalarda istiqomat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi