O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-30 noyabr kunlarida Xorazm viloyatida bo‘lib, hududdagi bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari faoliyati, transport va turizm infratuzilmasi, ta’lim va madaniyat muassasalari bilan tanishdi.
Prezident viloyatga tashrif davomida yana bir bor paxta yetishtirish to‘liq klasterlarga topshirilishi haqida gapirdi.
[media=https://www.facebook.com/plugins/video.php?href=https%3A%2F%2Fwww.facebook.com%2Fkunuznews%2Fvideos%2F321046965394494%2F&show_text=0&width=560]
«Baribir paxtani manfaatdor klasterlarga beraman. Ikki-uch yilda davlat paxta bilan shug‘ullanmaydigan bo‘ladi. Paxta daromad keltira boshlaydi», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, prezident shu yilning sentyabrida paxta-to‘qimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan, unda O‘zbekistondagi paxta yetishtiruvchi tumanlarning yarmidan ortig‘i to‘liq klaster tizimiga o‘tishi ma’lum qilingandi.
Prezident shu yilning mayida majburiy mehnatga qarshi gapira turib, agar klaster tizimiga o‘tilsa, hosilni yig‘ib olishni har bir klaster o‘zi mustaqil amalga oshirishi, bu orqali o‘z-o‘zidan majburiy mehnatga barham berilishi haqida aytgandi.
Shu yilning iyulida esa prezident Toshkent viloyati hokimidan bu yili tajriba sifatida ochilgan klasterlar haqida hisobot so‘ragandi.
«Egasi bor endi, ertaga paxta terimida egasi bo‘ladi. Hozirdan terimni o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, joy joyiga qo‘yish kerak. Bilib qo‘yinglar, endi maktab, kollej, shifoxona, oliygoh, hech qaysi paxta terimiga chiqmaydi.
Menga kerakmas, unaqa paxtayam, unaqa yutuqlaring ham kerakmas. Butun umr o‘z-o‘zimizni sharmanda qilib keldik. Bor yo‘g‘i bir milliard ikki yuz million dollar bo‘ladigan narsa uchun butun dunyoga sharmanda bo‘lganmiz. Bolalar mehnati, majburiy mehnat. Kimga kerak edi bu? Menga umuman kerak emas, dalada qolib ketsin edi undan ko‘ra. Klaster o‘zi terib olsin, o‘zi sotsin», degandi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda