12:20 / 05.12.2018
3 872

O‘zbekistonda qator tashkilotlar 2023 yilga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod etildi

O‘zbekistonda qator tashkilotlar 2023 yilga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Respublikada pillachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod etildi, buning natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shu jumladan, texnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 12 yanvardagi “Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3472-son qarorining 10-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hisobiga olib kirilayotgan bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgan yili 3 yildan 7 yilgacha bo‘lgan texnologik uskunalarga ham qo‘llashga ruxsat berildi. Belgilab qo‘yilishicha, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz quyidagi shartlar bilan qo‘llaniladi:

imtiyoz qo‘llanilganidan keyingi yildan boshlab 3 yil davomida har yili ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kamida 50 foizini eksport qilish;

imtiyozni qo‘llash natijasida bo‘shaydigan mablag‘larni texnologik uskuna olib kirilgan kundan boshlab dastlabki 2 yilida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida texnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yo‘naltirish.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tarmoq tashkilotlari xodimlarini ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalaridagi “Ipakchilik va tutchilik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limlarga belgilanadigan qabul kvotalaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida test sinovlarisiz qabul qilish tartibi joriy etiladi. Bunda oliy ta’lim muassasalariga qabul:

xodimning umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va tarmoq tashkilotlarida kamida 3 yil amaliy ish stajiga ega bo‘lishi;

kontrakt to‘lovi tarmoq tashkiloti tomonidan kafolatlangan holda amalga oshirilishi va xodim – bitiruvchining o‘qishni tamomlaganidan so‘ng 5 yil davomida tarmoq tashkilotida ishlab berishi sharti bilan amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda qator tashkilotlar 2023 yilga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod etildi