04:52 / 14.12.2018
4 207

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Anqara shahrida roʻy bergan poyezdlar toʻqnashuvi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanga hamdardlik bildirdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Eslatib oʻtamiz, Anqaradan Koʻnyaga yoʻl olgan tezyurar yoʻlovchi poyezdi lokomotiv bilan toʻqnashib ketishi oqibatida 7 kishi halok boʻlgan, 46 kishi jarohat olgan. Poyezdning ikkita vagoni relslardan chiqib ketgan. Shuningdek, yer usti oʻtish joyi qulagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi