O‘zbekiston Respublikasi prezidenti "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2019 yil 1 martdan boshlab:
- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan “investitsiya vizasi” joriy etiladi;
- O‘zbekistonda korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;
- O‘zbekistonda yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi