13:45 / 05.06.2019
2 565

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi
Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ularda prezidentga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, mamlakat xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp
Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Mayk Pompeo
Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy
Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla Ikkinchi
Kuvayt davlati amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Ummon sultoni Qobus bin Said
Singapur Respublikasi prezidenti Halima Yoqub
Singapur Respublikasi bosh vaziri Li Syan Lun
Jibuti Respublikasi prezidenti Ismoil Umar Gelle
Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla

Qutlovlar kelishi davom etmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi