Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda karantin davri qachon tugashi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.
«Karantin kasallikning yashirin davri uchun belgilangan muddat hisoblanadi. Shuning uchun karantin davrini tugatish masalasi eng oxirgi aniqlangan bemor ham shifoxonaga yotqizilib, alohidalangandan 14 kun o‘tgandan so‘ng unda va boshqa hech kimda kasallik aniqlanmaganiga to‘liq ishonch hosil qilingandan so‘ng ko‘rib chiqiladi.
Karantin davrini tugatish Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi», deya ma’lumot berdi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlangan ilk bemor aniqlanishi ortidan 16 martdan cheklov choralari joriy etila boshlandi. Avvaliga barcha ta’lim muassasalari yopildi, keyinroq O‘zbekiston xalqaro transport aloqalarini to‘xtatdi, mart oyining so‘nggi o‘n kunligi davomida ko‘p kishi to‘planadigan turli tadbirlar bekor qilindi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopildi, oy oxiriga kelib mamlakatda tibbiy niqobda yurish majburiy qilib qo‘yildi, viloyatlararo transport harakati cheklandi, shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi, fuqarolarga zaruratsiz uydan chiqmaslik tavsiya etilmoqda.
Respublika maxsus komissiya tomonidan joriy etilgan qat’iy choralar 20 aprelga qadar amalda bo‘lishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi