20:25 / 05.04.2020
3 078

O‘zbekiston koronavirusga qarshi ajratgan pul ayrim boy davlatlarnikidan ikki-uch barobar ko‘p — Sodiq Safoyev

O‘zbekiston koronavirusga qarshi ajratgan pul ayrim boy davlatlarnikidan ikki-uch barobar ko‘p — Sodiq Safoyev
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev tadbirkorlarga, deputatlarga va hamyurtlarimizga murojaat qildi.

Tadbirkorlarga
Tadbirkorlar va ishbilarmonlarga murojaat qilmoqchimanki, xar qanday inqiroz bu yangi rivojning zamiridir. Kelajakda qayta tiklanish uchun yangi g‘oyalarni o‘ylashingiz kerak. Chunki, ertaga jahon bozorida vaziyat o‘zgaradi, yangi talablar bo‘ladi.

Hukumatimiz tomonidan soliq va kredit qarzlari borasida yordam berilmoqda. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish kerak.
Ishonamanki, bugungi inqiroz, ertaga rivojlanishingiz uchun zamir bo‘ladi.

Fuqarolarga
Fuqarolarimizga shuni aytmoqchimanki, bugun biz dadil bo‘lishimiz kerak. Bilishimiz kerakki, yurtimiz bu sinovlardan, albatta, o‘tadi.
Buning uchun biz, intizomga rioya qilib, andishani chetga surgan holda oila a’zolarimiz va mahallamiz uchun talabchanlikni ilgari surishimiz kerak. Biz bu inqirozdan albatta o‘tamiz.

O‘zbekiston hukumati koronavirus uchun ajratgan mablag‘ ayrim boy davlatlarning koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltirgan pulidan ikki, uch barobar ko‘p bo‘lsa ko‘pki, aslo kam emas.
Hukumat koronavirusga qarshi barcha choralarni ko‘zda tutgan va maksimal darajada harakat qilmoqda.

Deputatlarga
6500 nafar mahalliy kengash deputatlari, senatorlarga qarab shu narsani aytmoqchi bo‘lyapmanki, bugun siz befarq bo‘lmanglar. Majlis o‘tkazmang. Balki bugungi kunda sizni saylagan saylovchilaringiz ahvolidan xabardor bo‘ling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston koronavirusga qarshi ajratgan pul ayrim boy davlatlarnikidan ikki-uch barobar ko‘p — Sodiq Safoyev