21:26 / 18.05.2020
2 086

Soliq imtyozlari qiyinchiliklarni yengishga yordam bermoqda

Soliq imtyozlari qiyinchiliklarni yengishga yordam bermoqda
Ma’lumki, Prezidentimizning 2020 yil 3 aprelda imzolangan PF-5978-sonli Farmonida tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqini berish belgilandi.

O‘tgan vaqt davomida Toshkent viloyatining soliq organlariga soliq to‘lovlarini uzaytirish yuzasidan 328 ta ariza kelib tushdi. Ushbu murojaatlar asosida 27,1 mlrd. so‘mlik soliq to‘lovlarining muddati kechiktirildi.

Jumladan, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash hamda servis xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Yuqorichirchiq Agroservis” MCHJga 89 mln. so‘m miqdorida mazkur soliq imtiyozi qo‘llanildi.

Korxona pandemiya sharoitida qiyinchilikka duch kelishiga qaramay, ishlashda davom etdi. Qo‘llanilgan soliq imtiyozi natijasida korxona hisobida qolgan mablag‘lar hisobidan xodimlarning oylik maoshi to‘lab berildi.

Zangiota tumanidagi "WORLD CLASS" MCHJ ham karantin davrida ish jarayonini to‘xtatmagan korxonalardan biridir. Karantin sharoitida 200 nafar xodimdan 60 nafari ishni davom ettirdi. Natijada 41 ming AQSH dollari miqdoridagi xom ashyo eksporti amalga oshirildi va 320 mln. so‘m soliq yig‘imlari davlat budjetiga to‘landi.

Bundan tashqari, viloyatda karantin davrida faoliyatini to‘xtatgan 730 ta yakka tartibdagi tadbirkorga 351 mln. so‘m miqdordagi daromad solig‘i va 146 mln.so‘mlik ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanildi.

Toshkent viloyati DSB Jamoatchilik bilan aloqalar
va huquqiy axborot sho‘’basi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Soliq imtyozlari qiyinchiliklarni yengishga yordam bermoqda