«O‘zgidromet» 9 aprel, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 21-16 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» Eron hududlaridan kirib kelgan iliq va quruq havo massalari 7—9 aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalishi, asosan, kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi