Jahon tillari universiteti huzuridagi “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron jurnali va internet portali tashabbusi bilan " My First President" mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi e’lon qilindi.
Yurtimizda chet tillarni o‘qitish bo‘yicha tayanch maskan sanalgan ushbu oliy o‘quv yurtining talabalari o‘rtasidagi o‘ziga xos tanlov O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlanadi. Unda talabalar mamlakat hayotida yuqori o‘rin tutgan buyuk shaxsning kelajak avlod uchun yaratgan imkoniyatlari, har bir yosh iste’dod uchun kerakli bo‘lgan da’vatlari, bosib o‘tgan hayot yo‘lidagi ibratli jihatlar aks ettiriladi.
Insholar universitetning ingliz tili sohasida uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari hamda tilshunoslardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan mazmun, imlo va orginallik ko‘rsatkichlari bilan saralanib, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” internet portalining maxsus ruknida e’lon qilib boriladi.
Eng yaxshi deb topilgan insholar O‘zDJTU va Fledu.uz portali hamkorligida nashr etilishi ko‘zda tutilayotgan alohida to‘plamdan joy oladi.
Insholar tanlovining aynan ingliz tilida o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqaro jamoatchilikka nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan beqiyos shaxs haqida yosh avlodning o‘y-fikrlarini etkazib berish, respublikaning birinchi prezidenti tomonidan 2012 yilning 10 dekabrida e’lon qilingan “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi №1875-son qarori asosida mamlakatimizda xorijiy tillar yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlarni yangi darajada namoyon etishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi