Buyuk Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Saymon Kolliz islom dinini qabul qilgan va haj amalini bajargan ilk yuqori martabali britan diplomati bo‘ldi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.
Kollizning aytishicha, u musulmonlar orasida 30 yil yashaganidan so‘ng islom dinini qabul qilgan. Qirol Saud universiteti xodimi Foziya Albakr o‘zining Twitterdagi sahifasida britaniyalik elchining turmush o‘rtog‘i bilan birga haj amalini ado etayotgani suratini joylashtirdi.
«Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi islom dinini qabul qilganidan so‘ng haj amalini bajarmoqda: Saymon Kolliz rafiqasi Xuda bilan Makkada», — deyiladi suratga yozilgan izohda.
Kollizning aytishicha, u ushbu dinni «Xudaga uylanishidan oldin qabul qilgan».
Kolliz deyarli 30 yildan buyon Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharq mamlakatlaridagi dipmissiyasi xodimi hisoblanadi. U ilgari Buyuk Britaniyaning Suriya, Iroq va Qatardagi elchisi bo‘lgan, BAA, Yaman va Tunisda yuqori diplomatik lavozimlarda ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda