Bugungi kunda internetda bolalarning suratlarini joylash odat tusiga kirmoqda. Ba’zilar hatto hali dunyoga kelmagan farzandining UTT suratlarini ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylaydi. Biroq Sidney universiteti psixologi Joan Orlandoning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning suratlarini internetga joylashtirish muayyan darajada xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda ABC News nashriga asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qildi.
Bugungi kun bolalari bunday suratlarga tushishga o‘rganib ham qolishgan. Statistikaga ko‘ra, G‘arbda 5 yoshgacha bo‘lgan har bir bolaning internetda o‘rtacha 200 surati bor.
Besh yilda mingta surat - juda ko‘p. Fotoarxiv raqamli shaxsni shakllantiradi - ota-ona "yulduzcha"ning imidj meykerlari vazifasini o‘taydi va ba’zan bolada yo‘q bo‘lgan fazilatlarni ko‘rsatishga harakat qiladi.
Ko‘pincha ota-ona uchun kulgili tuyulgan surat bolaning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, 12 yoshli bolaning sinfdoshlari ijtimoiy tarmoqda uning noqulay vaziyatdagi suratini ko‘rib qolsa, bu bolaning psixologiyasiga ziyon etkazishi mumkin.
Bundan tashqari, kichik paytidanoq ijtimoiy tarmoqlarda suratlari yuklangan bolalarda internetdagi "layk" va izohlarga tobe’lik paydo bo‘lishi hech gap emas. Kichik yoshli bolakaylarning suratlari o‘smirlarning suratlariga qaraganda ko‘proq foydalanuvchilarga yoqishi isbotlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi