12:20 / 15.06.2017
13 271

Abiturientlar, Qabul komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar bilan tanishing

Abiturientlar, Qabul komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar bilan tanishing
Bugun, 15 iyundan O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalariga Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Hujjatlarni qabul qilish 15 iyulga qadar davom etadi. «Qalampir.uz» sayti qabul komissiyasiga abiturientlar tomonidan qanday xujjatlar taqdim etish zarurligi haqida ma’lumotlar yozdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Qabul komissiyalari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar ishlaydi.

Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari

Abiturientlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Abiturient oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatgani haqidagi hujjatning asl nusxasi;

- 086-U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;

- pasport (pasport yoshiga etmaganlar uchun tug‘ilgani to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;

- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maxsus sirtqi bo‘lim abiturientlari uchun);

- rektor nomiga ariza;

- tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlar;

- abiturient tomonidan pasport (pasport yoshiga etmaganlar tug‘ilgani to‘g‘risidagi guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.

Magistratura mutaxassisligi

Magistraturaga kirishda abiturientlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

- chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo‘lgan holda);

- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

- 086-U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma.

Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abiturientlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko‘rsatadilar.

Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;

- oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikasiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);

- 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;

- 086-U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma;

- pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Diqqat!

Abiturient tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abiturient test sinovlaridan (oliy ta’lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari o‘rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abiturientlar, Qabul komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar bilan tanishing