Meta sun'iy intellekt xarajatlari sabab 8 ming xodimni bo'shatadi

1 daqiqa o'qish406
Meta sun'iy intellekt xarajatlari sabab 8 ming xodimni bo'shatadi

AQShning "Meta" texnologik kompaniyasi o'z xodimlarining qariyb 10 foizini yoki 8 ming kishini ishdan bo'shatish niyatida ekanini ma'lum qildi. "Facebook", "Instagram" va "WhatsApp" ijtimoiy tarmoqlari egasi bo'lgan korporatsiyaning ushbu qarori sun'iy intellekt texnologiyalariga kiritilayotgan yirik investitsiyalar bilan bog'liq. Bu haqda Bbc.com xabar beradi.

Kompaniya rahbariyati xodimlarga rejalashtirilgan qisqartirishlar haqida xabar bergan. Shuningdek, avvalroq ishga qabul qilish ko'zda tutilgan bir necha mingta vakansiya ham bekor qilinadigan bo'ldi. Qisqartirishlarning asosiy sababi sifatida sun'iy intellektni rivojlantirish uchun sarflanayotgan ulkan mablag'lar ko'rsatilmoqda. Faqat joriy yilning o'zida ushbu sohaga 135 mlrd dollar sarflash rejalashtirilgan.

Kompaniya asoschisi Mark Sukerberg sun'iy intellekt xodimlarning ish unumdorligini oshirishga yordam berganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, endilikda bir kishi ilgari katta jamoa talab qilingan loyihalarni amalga oshirishi mumkin. Sukerberg 2026 yil sun'iy intellekt ish jarayonlarini tubdan o'zgartiradigan davr bo'lishini bashorat qilmoqda.

Ma'lumot uchun, 2022 yildan buyon "Meta" o'n minglab xodimlarini bo'shatib kelmoqda. Texnologiya sohasidagi boshqa gigantlar ham shunday yo'l tutmoqda. Xususan, "Amazon" 30 mingdan ortiq, "Oracle" esa 10 mingdan ziyod xodimini qisqartirgan. "Microsoft" kompaniyasi ham uzoq yillik tajribaga ega xodimlarga to'lovlar evaziga o'z xohishi bilan ishdan ketishni taklif qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?