Toshkentda soxta «Krot» sotgan oltita firma jarimaga tortildi

1 daqiqa o'qish396
Toshkentda soxta «Krot» sotgan oltita firma jarimaga tortildi

O'zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi Toshkent shahrida kontrafakt maishiy kimyo mahsulotlari sotilishi yuzasidan bir nechta ma'muriy ish qo'zg'atdi. Mazkur chora-tadbirlar "KROT" tozalash vositalari brendi egasi bo'lgan "Sano Technology" kompaniyasining murojaati asosida amalga oshirildi. Bu haqda Spot.uz xabar beradi.

Huquq egasining ma'lumotlariga ko'ra, poytaxtdagi bir qator savdo nuqtalarida unga tegishli tovar belgisiga o'xshash nomlar ostida soxta mahsulotlar taklif qilingan. Vazirlik xodimlari tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlar davomida 6 ta joyda kontrafakt tovarlar sotilayotgani tasdiqlandi. Holat yuzasidan barcha qoidabuzarlarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 177-moddasi, ya'ni o'zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish bo'yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Sud ko'rib chiqishi natijalariga ko'ra, oltita firmaning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari, ya'ni 6,18 mln so'm miqdorida jarima tayinlandi. Umumiy jarima miqdori 37 mln so'mdan oshdi. Shuningdek, tadbirkorlarga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish majburiyati yuklandi.

Adliya vazirligi o'z brend huquqlari buzilishiga duch kelgan tadbirkorlarni 1008 ishonch telefoni yoki elektron pochta orqali xabar berishga chaqirdi. Avvalroq sud tomonidan "Hugo Boss" va "Tommy Hilfiger" brendlarining kontrafakt nusxalarini sotganlardan 111 mln so'm undirish haqida qaror chiqarilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?