Samarqandda 2 gektar yer uchun 490 ming dollar talab qilingan holat fosh etildi

1 daqiqa o'qish247
Samarqandda 2 gektar yer uchun 490 ming dollar talab qilingan holat fosh etildi

Samarqand shahrida yer maydonini noqonuniy tarzda sotishga urinish bilan bogʻliq holat fosh etildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 1993 yilda tugʻilgan shaxs boshqa bir fuqaro bilan kelishgan holda 2 gektar yer maydonini xaridorga 490 ming AQSH dollariga sotishni vaʼda qilgan.

Ular ushbu yer maydonini mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini aytgan holda, oldindan 50 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va boshqa idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi 50 ming dollar pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan ikki nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar yer uchastkalarini sotish va ajratish faqat “E-AUKSION” elektron platformasi orqali qonuniy tarzda amalga oshirilishini eslatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?