Toshkentda soxta maishiy kimyo vositalari savdosi to'xtatildi

1 daqiqa o'qish243
Toshkentda soxta maishiy kimyo vositalari savdosi to'xtatildi

Toshkent shahrida taniqli tovar belgilari ostida qalbaki maishiy kimyo vositalarini sotish holatlari fosh etildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma'lumot berdi. Tekshiruvlarga «KROT» tozalash vositalari brendi egasi hisoblangan «Sano Technology» kompaniyasining murojaati asos bo'lgan. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Huquq egasining ma'lum qilishicha, poytaxt bozorlarida original mahsulotga o'xshash va iste'molchilarni chalg'ituvchi tovarlar sotuvga chiqarilgan. Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi xodimlari Toshkentdagi savdo nuqtalarida o'tkazgan o'rganishlar davomida oltita joyda qalbaki mahsulotlar sotilayotganini tasdiqladi.

Nazorat tadbirlari yakuniga ko'ra, barcha qoidabuzarlarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 177-moddasi (tovar belgisidan qonunsiz foydalanish) bilan bayonnomalar rasmiylashtirildi. To'plangan hujjatlar ko'rib chiqish uchun sudga yuborildi.

Sud qarori bilan har bir huquqbuzar kompaniyaga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari, ya'ni 6,18 mln so'm miqdorida jarima tayinlandi. Shuningdek, tadbirkorlarga aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish majburiyati yuklandi. Vazirlik bu kabi choralar bozorda kontrafakt tarqalishining oldini olishga xizmat qilishini ta'kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?