Yaponiya ikki nafar O'zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi

Yaponiya ikki nafar O'zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi
Qisqacha

Yaponiya immigratsiya xizmati mamlakat migratsiya qonunchiligini buzgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. Ma’lum qilinishicha, ulardan biri o‘qishdan chetlatilgach noqonuniy yashashni davom ettirgan, ikkinchisi esa qisqa muddatli viza muddati tugaganiga qaramay mamlakatda qolib ketgan. Yaponiya rasmiylari talabalik yoki turistik vizalar mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini bermasligini eslatib, qonunbuzarlarga nisbatan choralar qat’iy ekanini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolar turli vositachilarning noqonuniy ishga joylashtirish haqidagi va’dalariga ishonmaslikka chaqirildi.

Yaponiya immigratsiya xizmati agentligi 2024 yil 24 aprel kuni mamlakat migratsiya qonunchiligini buzgan ikki nafar O'zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, ushbu shaxslar viza tartibiga amal qilmagan va mamlakatda noqonuniy ravishda bo'lib kelgan. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Aniqlanishicha, fuqarolardan biri Yaponiyaga «Talaba» maqomida kelgan, biroq o'quv yurtidan chetlatilgach, yashash uchun qonuniy asoslarini yo'qotgan. Shunga qaramay, u mamlakatni tark etmasdan, noqonuniy yashashni davom ettirgan. Ikkinchi fuqaro esa qisqa muddatli viza bilan kirib kelgan va ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin ham Yaponiyada qolib ketgan.

Yaponiya rasmiylari qisqa muddatli vizalar, jumladan turistik, qarindoshlarni yo'qlash yoki ishbilarmonlik tashriflari mehnat faoliyati bilan shug'ullanish huquqini bermasligini eslatib o'tdi. Shuningdek, o'qish vizasi faqat ta'lim olish uchun mo'ljallangan bo'lib, talaba o'qishdan haydalsa, uning mamlakatda qolish huquqi avtomatik ravishda bekor qilinadi.

Immigratsiya organlari qonunbuzarlarga nisbatan qat'iy choralar ko'rilishini, jumladan, maxsus markazlarda ushlab turish va deportatsiya qilish amaliyoti qo'llanilishini ta'kidladi. Yaponiya tomoni xorijliklarni turistik yoki o'qish vizalari orqali ishga joylashtirishni va'da qilayotgan vositachilarga ishonmaslikka chaqirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar