Andijonda "Haj" ziyorati uchun 18 ming dollar talab qilgan firibgar fosh etildi

1 daqiqa o'qish218
Andijonda "Haj" ziyorati uchun 18 ming dollar talab qilgan firibgar fosh etildi

Andijon viloyatida "Haj" ziyoratini tashkil qilib berishni vaʼda qilgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda boshqa idoralar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur holat fosh etildi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro M.Ch. ikki nafar shaxsni Saudiya Arabistoniga haj safariga yuborishini aytgan va bu xizmat uchun 18 ming AQSH dollari talab qilgan.

U kelishilgan mablagʻning yarmi — 9 ming dollarini olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari davom ettirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?