Belarus chempionati oliy ligasida “Energetik-BGU” sharafini himoya qilayotgan Bobur Abduxoliqov qayd etayotgan natijalar ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozonib kelmoqda. Chempionatning 14-turida 25 yoshli futbolchimizning rekord darajada davom etgan golli seriyasi barham topdi.
Shu kuni “Energetik-BGU” o‘z maydonida “Gomel” futbolchilarini qabul qilib, keskin va murosasiz kechgan bahsda hisob ochilmadi. Tabiiyki, bellashuv davomida o‘zbek hujumchisida darvozani ishg‘ol qilish uchun qulay vaziyatlar bo‘ldi. Biroq, raqib himoya chizig‘i va darvozaboni bunga yo‘l qo‘ymadi.
Shu tariqa, Bobur Abduxoliqovning golli seriyasi oltita uchrashuvdan iborat bo‘ldi. Oliy liga tarixida hali biror legioner ketma-ket oltita bahsda uzluksiz gol urmagan va bu borada legionerimiz o‘ziga xos rekord natija qayd etdi.
Bundan tashqari, Abduxoliqov Belarus kubogi doirasidagi uchrashuvda ham bitta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. Shuni ham inobatga olsak, hamyurtimizning golli seriyasi yettita bahsdan iborat bo‘ladi.
Bobur Abduxoliqov chempionat boshlanganidan beri 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, gollari sonini 14 taga yetkazib oldi va yana to‘rt marotaba jamoadoshlarining gol urishiga imkoniyat yaratib berdi.
Legionerimiz oliy liga bahslari davomida “Nyoman”ga uchta, “Vitebsk”, “Torpedo-BelAZ”ga ikkitadan, “Dinamo-Brest”, “Minsk”, “Arsenal-Dzerjinsk”, “Slaviya”, “Belshina”, “Dnepr Mogilevsk” va BATE darvozalariga bittadan to‘p kiritgan.
To‘rt jamoa – “Slutsk”, “Isloch”, “Shaxtyor-Soligorsk” va “Gomel” himoya chizig‘i o‘zbek hujumchisiga o‘z darvozasiga gol urish imkonini bermadi.
Boburning gollari jamoasiga sakkizta g‘alaba va ikkita durang, jami 26 ochko taqdim etganini alohida ta’kidlash lozim.
Qashqadaryolik futbolchi to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinda bormoqda va eng yaqin ta’qibchisi Vladimir Xvashinskiydan (Minsk) oltita to‘pga ilgarilab ketgan.
Bundan tashqari, tezkor hujumchimiz gol+pas tizimida 18 ochko jamg‘arib, musobaqaning eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.
“Gomel”ga qarshi uchrashuvda bir ochkoni qo‘lga kiritgan “Energetik-BGU” ochkolari sonini 28 taga yetkazib, musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasidan joy olgan.
O‘z tarixida ilk bor chempionat oltin medali uchun kurashayotgan minsklik “talabalar” musobaqa peshqadami BATEdan bir ochkoga ortda qolmoqda. Borisovliklar 14-turda “Minsk” mehmoni bo‘lib, ochko yo‘qotdi.
Mezbonlar birinchi bo‘limda raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, hisobda oldinga o‘tib olgandi. BATE o‘yin yakunlanishiga o‘n daqiqa qolganida mag‘lubiyatdan ba’zo‘r qutilib qoldi va bir ochkoli bo‘ldi.
Bobur Abduxoliqov va uning jamoadoshlarini birinchi davraning so‘nggi turida o‘ta muhim uchrashuv kutib turibdi. “Energetik-BGU” 15 iyul kuni safarda uchinchi o‘rinni egallab turgan “Dinamo-Minsk” jamoasi mehmoni bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)