Janubiy Koreyada robot buddist rohib sifatida tan olindi

1 daqiqa o'qish260
Janubiy Koreyada robot buddist rohib sifatida tan olindi
Janubiy Koreyada robot buddist rohib sifatida tan olindi
Foto: Yandex

Janubiy Koreyada texnologiya va diniy an’analar uyg‘unlashgan noodatiy voqea yuz berdi. Maxsus marosim orqali robot buddistlar jamoasiga qabul qilinib, unga “Gabi” nomi berildi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi ma'lum qildi.

Marosim Joge Order buddist ordenida tashkil etilgan. Seulda bo‘lib o‘tgan tadbir davomida inson-rohib robotga muqaddas ta’limotga sodiq qolishga tayyormi yoki yo‘qligi haqida savol bergan. Robot esa bunga ijobiy javob qaytargan.

Shundan so‘ng ruhoniy ustoz robot uchun maxsus moslashtirilgan beshta buddist qoidasini tushuntirib bergan. Ushbu tamoyillar orasida hayotga zarar yetkazmaslik, boshqa robotlarga ziyon qilmaslik, insonlarga bo‘ysunish, yolg‘on gapirmaslik hamda energiyani tejab ishlatish kabi qoidalar bor.

Janubiy Koreyada robot buddist rohib sifatida tan olindi
Foto: Yandex

Marosim davomida “Gabi” rohiblarga ta’zim qilgan, tasbeh qabul qilgan va maxsus rohib kiyimini kiygan holda ishtirok etgan. An’anaviy marosimdagi ayrim urf-odatlar robot uchun zamonaviy shaklda moslashtirilgan.

Orden vakillarining aytishicha, robotga berilgan “Gabi” nomi talaffuzi oson va Budda mehr-shafqatini ifodalovchi ma’noga ega. Ruhoniy Son Vonning fikricha, robot uchun ishlab chiqilgan ushbu qoidalar kelajakda inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi uyg‘un hayotning asosiga aylanishi mumkin.

Janubiy Koreyada robot buddist rohib sifatida tan olindi
Foto: Yandex

Ma’lum qilinishicha, Gabi yaqin kunlarda ibodatxonada “faxriy rohib” sifatida faoliyat boshlaydi. Shuningdek, u Budda tavalludiga bag‘ishlangan lotus chiroqlari festivalida yana uchta robot bilan birga qatnashishi rejalashtirilgan.

Janubiy Koreyada robot buddist rohib sifatida tan olindi
Foto: Yandex
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?