date

Yosh bokschilarimiz bugun Osiyo chempionatida hal qiluvchi janglarga chiqadi

Ayni kunlarda Olimpiya shaharchasida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in ruhda davom etmoqda. Bugun musobaqa doirasida o‘smirlar — U-17 toifasida chorak final bahslari o‘tkaziladi va O‘zbekiston terma jamoasini 11 ta muhim to‘qnashuv kutib turibdi.

O‘zbekistonlik yosh charmqo‘lqop ustalari bugun ringda medallar uchun hal qiluvchi bosqichga qadam tashlashga harakat qiladi. Muxlislar esa navbatdagi g‘alabalardan katta umid qilmoqda.

Qizlar o‘rtasida -46 kilogramm vaznda Ruxshonabonu Ahadova Janubiy Koreya vakili Soheon Legaga qarshi ringga ko‘tariladi. -48 kilogramm toifasida esa Farangiz Usvaliyeva Vetnam sportchisi Ti Ru Na Dinga qarshi bahs olib boradi.

-50 kilogramm vaznda Parvina Shakarova Hindiston vakili Ovi Abhijeyet bilan kuch sinashadi. -52 kilogrammda Marjona Xudayberdiyeva qozog‘istonlik Lashin Dauletjanga qarshi jang qiladi.

-54 kilogramm vaznda Qumriniso Muhammadova Xitoy Taypeyi vakili Yu-Ya Chen bilan ringda to‘qnash keladi. -57 kilogramm toifasida Madinabonu Xudoyorova qozog‘istonlik Razaliya Vaidemanga qarshi bahs olib boradi.

-60 kilogramm vaznda Salomatxon Sardorova Qirg‘iziston sportchisi Ayzada Akimjanova bilan kuch sinashadi. -63 kilogrammda esa Mehrimax Qilicheva qozog‘istonlik Alina Kojevnikovaga qarshi ringga chiqadi.

-80 kilogramm vaznda Feruzabonu Kamolova Eron vakili Fateme Rastegarmehjenaba bilan bahs olib boradi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida ham qiziqarli qarama-qarshiliklar kutilmoqda. -46 kilogramm vaznda Abdulloh Nuraliyev mo‘g‘ulistonlik Sun-Erdene Buyanbat bilan to‘qnash keladi.

-48 kilogramm toifasida esa Kamronbek Bahodirov tojikistonlik Firuzjon Boymatovga qarshi ringga ko‘tariladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvlar ikki dasturda tashkil etiladi. Janglar 11:00 va 15:30 da start oladi.

Mutaxassislar fikricha, o‘zbekistonlik yosh bokschilar hozircha musobaqada yuqori darajada ishtirok etib, yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ularning tezkorligi, texnik tayyorgarligi va jangovor ruhi murabbiylar tomonidan yuqori baholanyapti.

Muxlislar esa bugungi chorak final bahslarida ham yosh sportchilarimizdan g‘alabalar kutib, ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yosh bokschilarimiz bugun Osiyo chempionatida hal qiluvchi janglarga chiqadi