date

Samsung Xitoy bozorida maishiy texnika savdosini to‘xtatdi

Samsung Xitoy bozorida maishiy texnika savdosini to‘xtatdi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Xitoy materik qismida maishiy texnika, jumladan, televizorlar va monitorlar savdosini rasman to‘xtatdi. Bu haqda brendning Xitoydagi rasmiy veb-saytida tegishli xabarnoma e’lon qilindi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, ushbu qaror bozor muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Samsung mahalliy brendlar, xususan, Xiaomi va TCL tomonidan ko‘rsatilayotgan kuchli narx raqobati sharoitida Xitoy ichki bozoridagi chakana savdo faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Shunga qaramay, Samsung Xitoydan butunlay chiqib ketmayapti. Kompaniya avval sotib olingan qurilmalarga xizmat ko‘rsatishni mahalliy qonunchilik talablariga muvofiq davom ettirishini ma’lum qildi. Shuningdek, Xitoydagi ishlab chiqarish quvvatlari eksport maqsadlarida ishlashda davom etadi.

Ekspertlarning fikricha, ushbu qadam Samsung'ning global strategiyasini qayta ko‘rib chiqayotganini va foydasi kamroq bo‘lgan bozorlardan voz kechib, boshqa hududlarga e’tibor qaratayotganini anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung Xitoy bozorida maishiy texnika savdosini to‘xtatdi