7 may oltin quymalarning sotuv narxlari e’lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan o‘lchovli oltin quymalarning 7 maydagi yangi sotuv narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 39 600 so‘mga oshgan. Xususan, 5 gramlik quyma 9 684 000 so‘m, 10 gramlik 18 732 000 so‘m, 20 gramlik 37 464 000 so‘m, 50 gramlik 93 661 000 so‘m hamda 100 gramlik quyma 187 321 000 so‘m etib belgilandi. Ushbu o‘lchovli oltin quymalarni mamlakatimizdagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan o‘lchovli oltin quymalarning 7 maydagi sotuv narxlari e’lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 39 600 so‘mga oshgan.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur’atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.


























Izohlar 0
…