07:02 / 09.05.2024
338

Matias De Ligt: "Sharmandalik! Qanot hakami menga "kechir, xato qildim", - dedi"

Matias De Ligt: "Sharmandalik! Qanot hakami menga "kechir, xato qildim", - dedi"
"Real Madrid" "Bavariya"ni YECHL yarim final javob o‘yinida mag‘lub qildi. "Bavariya" himoyachisi Matias De Ligt o‘yindan so‘ng bekor qilingan goli haqida gapirdi.

"Futbolda qoidalar bor. Agar aniq ofsayd bo‘lmasa, vaziyat yakunlanishini kutish kerak. Hushtak chalish kerak emas. Balki, o‘sha holatda ofsayd bor edi, ammo buni endi nima ahamiyati bor? O‘yinning oxirida bunday hushtak chalish – katta xato. Agar ofsayd bo‘lsa ham mayli edi, ammo buni tekshirish lozim edi. Tekshirmay qanday bilasiz? Xoseluning ikkinchi goli ham deyarli ofsayd edi. O‘sha holatda ham golga qadar hushtak chalinmadiku? Meni vaziyatimda esa... Bu sharmandalik. Qanot hakami menga "kechir, xato qilib qo‘ydim", dedi. Men mag‘lubiyatda boshqalarni ayblashni yoqtirmayman. "Real" g‘alaba qozondi", - deydi Matias De Ligt.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Matias De Ligt: "Sharmandalik! Qanot hakami menga "kechir, xato qildim", - dedi"