
Ertaga terma jamoamiz so‘nggi saralash doirasidagi ikkinchi o‘yini o‘tkazadi. Bu o‘yin ham muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Qolaversa, Qatar ancha noqulay raqib. To‘g‘ri, o‘zaro o‘yinlarda biz yaqqol
ustunlikka egamiz, ammo Qatar terma jamoasi o‘z uyida o‘tgan o‘yinlarda ko‘proq g‘alabaga
erishgan. Bu safar ham futbolchilarimiz mehmonda harakat qiladi. Shu jihat bizni biroz
xavotirga soladi.
ASOSIY MASALA — TARKIB
Terma jamoamiz bosh murabbiysi qaysi futbolchilarni jangga tashlashini oldindan taxmin qilsa
bo‘ladi. Lobanov, Denisov, Ismoilov, To‘xtaxo‘jaev, Ahmedov, Rashidov, Jeparov, Haydarov,
Geynrix... E’tibor bergan bo‘lsangiz, ikkita o‘yinchini tushirib qoldirdik — bittasi himoya
chizig‘idan, ikkinchisi yarim himoya chizig‘idan. Gap shundaki, bu ikki nafar futbolchi kimligini
oldindan aytib bo‘lmaydi. Hammasini Samvel Babayan hal qiladi. Suriyaga qarshi o‘yinda Babayan
tanlagan ikki o‘yinchi ishonchni oqladi, ko‘ramiz, bu safar u kimlarni tushirarkin? Geynrixni
asosiy tarkibda tushirmasa kerak va shunisi ham ma’qulroq, aslida. Sashaning hozirgi holati
bir taym o‘ynashga imkon beradi, xolos. Ammo ko‘nglimizni xotirjam qiladigani shuki, Sasha bir
taym u yoqda tursin, qandaydir daqiqalar ichida ayrim futbolchilar butun o‘yin davomida
tinimsiz harakat qilib ham eplolmagan ishni amalga oshiradi.
TAKTIKA HAM MUHIM!
Xo‘sh, bu safar terma jamoamiz qanday taktika asosida o‘ynashi kerak? Hujumkor va tezkor
to‘puzatishlarga asoslangan taktika ma’qul, bizningcha. Iloji boricha hujumkor o‘ynab,
kutilmagan qarorlar qabul qilish, vaqti kelganida uzoqdan aniq zarbalar yo‘llash, standart
vaziyatlardan foydalanishning o‘zgacha, noodatiy, kutilmagan yo‘llarini o‘ylab topish, burchak
zarbalarini bajarish uslubini ham o‘zgartirish kerak. “Birtepar” taktika ham yaxshi samara
berishi mumkin, ya’ni raqib hujumi bartaraf etilgan zahoti to‘pni bitta uzatish orqali yarim
himoyaga va undan hujum chizig‘iga uzatib berish lozim. Agar shu vazifa uddalansa, hujumchimiz
ham sovuqqonlik bilan vaziyatni ijobiy yakunlashi kerak. Masalan, Denisov — Rashidov — Ahmedov
— Sergeev. Agar ehtiyoj tug‘ilsa, Jeparov va Haydarov ham qo‘shilishi mumkin. Umuman, qaysi
futbolchimiz to‘p bilan muomalada bo‘lishining farqi yo‘q. Muhimi, to‘p raqibdan olib qo‘yilgan
zahoti tezlik bilan oldinga tashlanish lozim. Umid qilamizki, mashg‘ulotlarda futbolchilarimiz
bu taktikani etarlicha o‘zlashtirishgan.
HISOBNI SAQLAB QOLIShGA URINISh YaRAMAYDI
Agar birinchi bo‘lib gol urishning uddasidan chiqsak va buni vaqtliroq amalga oshirsak, qolgan
daqiqalarda hisobni saqlab qolish uchun o‘ynash yaramaydi. Chunki minimal hisobdagi g‘alaba juda
qaltis. Qo‘shimcha daqiqalarning qo‘shimcha soniyasida kiritilgan gol ham vaziyatni butunlay
o‘zgartirib yuborishi, g‘alabadan ayirishi mumkin. Vaholanki, Qatarga qarshi kechadigan o‘yinda
ochko yo‘qotishga umuman haqqimiz yo‘q. Shuning uchun bitta gol urib olib xotirjamlikka
berilmasdan, hisobni ishonchliroq qilishga urinish lozim. Ana shunda o‘yin oxirida attang qilib
qolmaymiz va o‘yinni oxirigacha yurak hovuchlab tomosha qilish kasalidan qutulamiz.
Ilhom
Manba: penalti.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar