date

“Yamal, endichi, nima deysan?”: Vinisius o‘yin yakunida Yamal bilan tortishdi

“Yamal, endichi, nima deysan?”: Vinisius o‘yin yakunida Yamal bilan tortishdi

Ispaniya La Ligasining 10-turidan o‘rin olgan so‘nggi yillarning eng kutilgan uchrashuvi — “El-Klasiko” Madridda juda shiddatli va emotsiyalarga boy tarzda o‘tdi. “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvda “Real Madrid” o‘z muxlislari oldida “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv ilk daqiqalardanoq yuqori sur’atda boshlandi. “Qirollik klubi” 22-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan gol orqali hisobni ochdi. Ammo “Barsa” ham javobsiz qolmadi — 38-daqiqada Fermin Lopes aniq zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim juda keskin o‘tdi, har ikki jamoa himoyada ham, hujumda ham faol harakat qildi.

Ikkinchi taymda madridliklar ustunlikni qo‘lga olishdi. 43-daqiqada Jud Bellingemning zo‘r zarbasi “Barsa” darvozasini zabt etdi va “Real” yana oldinga chiqdi. Shundan so‘ng “Bernabeu”da atmosfera butunlay o‘zgardi — tribunalardagi 80 ming muxlisning quvonchi stadionni titratdi.

Biroq bellashuv nafaqat maydonda, balki so‘nggi daqiqalardagi tortishuvlar bilan ham yodda qoldi. Uchrashuv yakunlangach, “Real” himoyachisi Dani Karvaxal va hujumchi Vinisius Junior “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamal bilan tortishib qoldi.

Turnirdan oldin Yamalning matbuotda “Real haqidagi” bayonoti madridliklarning g‘ashiga teggani ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun o‘yindan keyin Vinisius unga shunday murojaat qildi:

— “Yamal, sen juda ko‘p gapirgan eding, endichi, nima deysan?” — degan braziliyalik yulduzning so‘zlari internetda tez tarqaldi.

Shu bilan birga, “El-Klasiko”ning oxirida ikki jamoa o‘rtasida kichik janjal ham kelib chiqdi. Vinisius Juniorni tinchlantirish uchun “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso shaxsan aralashdi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Real Madrid” 27 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi. “Barselona” esa raqibidan besh ochko orqada qoldi. Bu g‘alaba madridliklar uchun nafaqat ochko jihatidan, balki psixologik ustunlik nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yamal, endichi, nima deysan?”: Vinisius o‘yin yakunida Yamal bilan tortishdi